TOShKENT, 2-may - Sputnik. Mariupoldagi "Azovstal" zavodini so‘nggi 2 kun ichida 101 nafar ukrainalik millatchilar qo‘lida bo‘lgan tinch aholi tark etgan. Bu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Evakuatsiya qilinganlar vaqtinchalik turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Ulardan 11 nafari o‘z ixtiyori bilan Donesk Xalq Respublikasida qolishga qaror qilgan, 69 nafari esa Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududga borishni xohlashgan va allaqachon Zaporoje shahri yo‘nalishi bo‘yicha kuzatib qo‘yilgan.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari "Azovstal" zavodi hududidan Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududga evakuatsiya qilingan tinch aholi vakillari bilan gumanitar karvon xavfsizligini ta’minlamoqda”, — deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi.
Shuningdek, 30-aprel kuni korxona hududidan 21 kishi, yaqin atrofdagi uylardan 25 kishi chiqib ketgan. Ularning barchasi DXRda qolishga qaror qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Azovstalga hujum qilishni ta’qiqlagan va zavodni qurshovga olishni buyurgan edi. Shunindan so‘ng u yerda yashiringan jangarilar va millatchilarga qurol topshirish va taslim bo‘lish taklif etilgan. Jangarilar zavodning yer osti inshootlarida bir necha yuz nafar tinch aholi vakillarini garovga olgani to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.