Armanistonda namoyishchilar Pashinyan iste’fisini talab qilishmoqda

Yerevanda muxolifat kuchlari tomonidan tashkil qilingan norozilik namoyishlari ishtirokchilari amaldagi bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2-may - Sputnik. Yerevanda norozilik namoyishlari davom etmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Namoyishchilar yo‘llarni to‘sib qo‘yishmoqda. Ular amaldagi bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilishmoqda.
Moskva vaqti bilan soat 7:30 da muxolifat kuchlari shaharning markaziy ko‘chalari - Masnikan, Geratsi, Gnuni va Vardanans ko‘chalarini to‘sib qo‘yishgan. Yerevan markazida avtomobil harakati qiyinlashgan, - deyilgan xabarda.
Yerevanda norozilik namoyishlari yakshanba 1-may kuni boshlandi. Muxolifat kuchlari tomonidan tashkil qilingan namoyishlarda minglab ishtirokchilar qatnashdi. Ular ko‘chalarda chodirlar o‘rnatishgan va markaziy ko‘chalarni to‘sib qo‘yishmoqda.