TOShKENT, 1-may — Sputnik. Ramazon hayiti va qo‘shimcha dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:
1010 ta oilaviy poliklinika,
858 ta oilaviy shifokor punkti,
tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar,
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.
“2700ga yaqin tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda.
Bundan tashqari, 218 ta tug‘uruq, 238 ta bolalar davolash muassasalari ham uzluksiz ish olib boradi”, - deyilgan SSV xabarida.
Sanitariya-epidemiolologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan bo‘limlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatchi shifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vrach-laborant va yordamchi xodimlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.