TOShKENT, 1-may — Sputnik. Polshadagi Ikkinchi jahon urushi muzeyida Sobir Rahimov jasoratiga bag‘ishlangan ko‘rgazma paydo bo‘ladi.
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi kelishuvlarga ko‘ra, ko‘rgazmada Rahimovning shaxsiy buyumlari va uning jasorati haqidagi ma’lumotlar bayon etiladi.
General-mayor Sobir Rahimov 1945-yil 26-martda Polshaning Gdansk shahri (avvalgi nomi Dansig)ni ozod qilish bo‘yicha jangida halok bo‘ldi. U Toshkent shahrida, Kafanov nomidagi bog‘da dafn etildi.
1965 yil may oyida vafotidan keyin unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.