TOShKENT, 1-may — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ““O‘lmas polk” aksiyasini taqiqlashga hech kimning haqi yo‘q” deb aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistondan 365 ming kishi urushga ketdi, ularning 100 mingdan ortig‘i qaytmadi.
"Hozir mamlakatda ularning millionlab nabiralari istiqomat qiladi. Ular har yili 9-mayni nishonlaydilar, "O‘lmas polk" safida piyoda yurishadi. Shuning uchun ularni bu marshini taqiqlashga hech kimning haqi yo‘q", — deb yozgan u.
Japarov 9-may kuni Mangu olovga gulchambar qo‘yadi va Ulug‘ Vatan urushi faxriylari bilan uchrashadi.