Urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarning shaxsiy buyumlari qarindoshlariga topshirildi

Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarning shaxsiy buyumlari qarindoshlariga topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. “G‘alaba” bog‘i yodgorlik majmuasi rahbari polkovnik Shuhrat Yusupov Qizil Armiya askari, katta serjant Arslanbek Qobulbekovning shaxsiy buyumlari va mukofotlarini uning yaqinlariga topshirdi.
Poiskoviy otrad peredal rodnim veshi propavshego boysa VOV
Jangchi Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir viloyatidan bo‘lgan. Kalinin fronti 306-o‘qchi diviziyasi 992-o‘q polki 6-o‘qchilar rotasi vzvod komandirining yordamchisi bo‘lib xizmat qilgan. 1943-yil 16-avgustda Smolensk viloyati Logi qishlog‘ida halok bo‘lgan.
Poiskoviy otrad peredal rodnim veshi propavshego boysa VOV
O‘tgan yil may oyida Smolensk viloyatida olib borilgan qidiruv ishlarida bir qancha sovet askarlarining qoldiqlari va shaxsiy buyumlari topildi. Ular orasida “Jangovar xizmatlari uchun” medali ham bor edi. Shu orqali uning egasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Poiskoviy otrad peredal rodnim veshi propavshego boysa VOV
Mukofot ro‘yxatidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qobulbekov shaxsan o‘zi 10 nafar nemis askarini miltiq bilan yakson qilgan.