TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkentdagi "G‘alaba bog‘i" tashrif buyuruvchilar uchun yana ochildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 25-apreldan majmua tashrif buyuruvchilar uchun yana ochilgan.
"Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga yetgani munosabati bilan majmua 25-aprel kunidan boshlab tashrif buyuruvchilar uchun yana ochildi", — deyilgan xabarda.