TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir qator mahbuslarni avf etish bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
"Ramazon oyi – saxiylik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik oyidir. Bu qutlug‘ ayyomda mehr-shafqatli, kechirimli bo‘lish hammamiz uchun ham farz, ham qarz", — degan davlat rahbari.
Shu munosabat bilan, Ramazon hayiti arafasida prezident adashib jinoyatga qo‘l urgan, lekin aybini chuqur anglab, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi.