Ertaga Samarqandda favvoralar sayli o‘tkaziladi

1 may kuni Samarqandda favvoralar sayli o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Ertaga, 1-may kuni - Samarqandda favvoralar sayli o‘tkaziladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati Sputnik muxbiriga xabar qildi.
Favvoralar atrofida tashkil etilgan sahnada “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limi, “Barkamol avlod” markazi a’zolari, shahar va tuman bolalar musiqa va san’at maktabi, Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari, badiiy jamoalar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.
Sayillar butun viloyat bo‘yicha o‘tkaziladi.
1 may - Samarqand favvoralari sayli kuni 2015-yildan buyon bu tadbir an’anaga aylanib, har yili keng nishonlanadigan bo‘ldi. Afsuski, 2020-2021 yillarda koronavirus pandemiyasi avj olgani, karantin talablari kuchaytirilgani sabab sayil o‘tkazilmagandi.
Favvoralar sayli Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy va Teatr maydonlarida, Universitet xiyobonlarida, Islom Karimov haykali o‘rnatilgan maydonda, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari o‘rnatilgan hududda, “Shoirlar bog‘i” va Samarqand temir yo‘l vokzali maydonidagi favvoralar atrofida o‘tkazilgan.