Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” mehribonlik uyi jamoasi “Andijon polkasi” chellenjiga qo‘shildi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov topshirig‘iga asosan “Andijon polkasi” kuyi yaratilganining 100-yilligi munosabati bilan viloyatda “Andijon polkasi” oyligi e’lon qilindi.
Barcha tashkilot, muassasa va idora rahbarlari, ta’lim muassasalari, umuman viloyat hududida joylashgan va “o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar” butun jamoasi, hamkasblari bilan har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishni odatga tusiga kiritishlari lozim.