O‘zbekistonga eng ko‘p avtomobil qaysi davlatdan olib kelingan?

Yangi yil boshidan buyon O‘zbekistonga eng ko‘p avtomobil Xitoydan olib kelingan - 4400 dan ziyod. Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 189,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.
O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar top beshligi:
Xitoy – 4482 ta;
Koreya – 2101 ta;
Qozog‘iston – 1019 ta;
Rossiya – 741 ta;
AQSh – 70 ta.
Bundan tashqari, mamlakat Yaponiya (27 ta), Germaniya (23 ta), Tailand (10 ta) BAA (9 ta) va Gonkong (7 ta)dan ham yengil avtomobil import qilgan.