Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina qurolli kuchlari Doneskdagi bozorni o‘qqa tutdi, qurbonlar bor

Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Doneskning Kirovskiy tumani "Grad" yoppasiga o‘t ochish raketa tizimlaridan o‘qqa tutildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr - Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari Doneskdagi "Merkuriy" oziq-ovqat bozorini o‘qqa tutdi, ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti DXR Hududiy himoya shtabiga asosan.
"Kirov tumanining o‘qqa tutilishi natijasida "Merkuriy" bozori ham zarar ko‘rgan. Operativ ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainalik jangarilar Doneskda Petrovskiy ko‘chasida ikki kishini o‘ldirgan va besh nafar tinch aholini yaralagan", deb yozadi nashr.
Donesk meri Aleksey Kulemzinning so‘zlariga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan. "Kirov tumanidagi bozorlar hududida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana besh nafar tinch aholi jarohatlandi. Voqea joyida maxsus xizmatlar ishlamoqda", deb yozdi u Telegram kanalida.
Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Doneskning Kirovskiy tumani "Grad" yoppasiga o‘t ochish raketa tizimlaridan o‘qqa tutilgani haqida O‘t ochishni nazorat qilish qo‘shma markaziga DXR vakili ma’lum qilgan.
Mojaroning 71 kuni davomida Donesk shahri 2300 marotaba o‘qqa tutilgan. Shaharga 23706ta turli kalibrlardagi snaradlar otilgan, jumladan "Tochka-U", RSZO "Smerch", "Uragan" va "Grad" tizimlariga mansub raketalar ham. O‘qqa tutish oqibatida 85 nafar tinch aholi qurbon bo‘lgan.