TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Toshkentda 3-may kuni nasroniylarning “Ota-onalarni xotirlash” (Radonitsa) bayrami o‘tkazilishi munosabati bilan avtobuslarning bir kunlik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha yo‘nalishlar tadbirda ishtirok etuvchi aholini transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Avtobuslar Toshkentdagi metro stansiyalari va aholi ko‘p yig‘iladigan bekatlardan 1-, 2-, 3-sonli qabristonlargacha qatnaydi.
Ular o‘z ishini soat 7:00 dan 18:00 ga qadar davom ettiradi.
Yo‘nalish raqami:
K-1 (Mashinasozlar metrosi-1-sonli qabriston (Botkin)
K-2 (Olmazor metrosi-2-sonli qabriston (Do‘mbirobod)
K-3/1 (Buyuk ipak yo‘li metrosi-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy)
K-3/2 (Qo‘yliq dehqon bozori-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy)
Ma’lumot uchun, Nasroniy dinining “Ota-onalarni xotirlash” (Roditelskiy den, Radonitsa) kunida qabristonlar ziyorat qilinadi. Uning sanasi Pasxa bayramiga bog‘liq va u bu yil 3-mayga to‘g‘ri kelmoqda.