TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston mamlakatda “Tatneft” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev Toshkentda Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Albert Karimov bilan hamkorlikni kengaytirish masalarini muhokama qildi.
“Qo‘shma hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi sifatida mamlakatda “Tatneft” OAJning yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish loyihasini keltirish mumkin. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 7 ta yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan iborat qo‘shimcha ro‘yxat taklif etilib, ushbu loyihalarni baholash boshlandi”, - deyilgan Energetika vazirligi xabarida.
"Tatneft" OAJ o‘zbekistonlik hamkorlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya respublikada yoqilg‘i quyish tarmoqlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirmoqda va neft qazib olish va uni qayta ishlashda ishtirok etish niyatida.