Bu qiziq

Bir kunda qancha go‘sht iste’mol qilish mumkin?

Qizil go‘sht qancha ko‘p iste’mol qilinsa, umr davomiyligi shuncha qisqaradi, go‘sht tarkibidagi zararli yog‘lar - ateroskleroz, insult, infarkt va saratonga sabab bo‘lishi mumkin.
Sputnik
Shifokor-parhezshunos, tibbiyot fanlari nomzodi Andrey Bobrovskiyning Sputnik radiosiga ma’lum qilishicha, bir kunda 50 grammdan 150 grammgacha go‘sht iste’mol qilish salomatlik uchun foydali.
Go‘sht tarkibida hayvon oqsillari mavjud bo‘lib, ular inson tanasi uchun muhim aminokislotalarning qimmatli manbai hisoblanadi.
“O‘rtacha kunlik kaloriya tarkibining 15% i, asosan hayvon oqsillaridan iborat bo‘lishi kerak. Bu kuniga 50 dan 150 grammgacha bo‘lgan go‘sht degani”, - deydi shifokor.
Parhezshunosning ta’kidlashicha, biroq, barcha go‘sht turlarini ham har kuni iste’mol qilib bo‘lmaydi. Go‘shtning ba’zi turlarida organizm uchun zararli bo‘lgan yog‘lar bor.
“Tarkibida zararli yog‘lar bo‘lgan go‘sht mahsulotini kamroq iste’mol qilish kerak. Odatda bu qizil go‘sht (ya’ni mol, ko‘y va cho‘chqa go‘shti- tahr.). Bunday go‘shtni haftada bir martadan tortib bir oyda bir marotaba iste’mol qilish tavsiya qilinadi”,- deydi mutaxassis.
Qizil go‘shtni meyoridan ortiq iste’mol qilish jiddiy kasalliklarga olib kelishi va umrni qisqartirishi mumkin.
“Ratsionda qizil go‘sht qancha ko‘p bo‘lsa, umr davomiyligi shuncha qisqaradi. Zararli yog‘lar ateroskleroz, insult, infarktga sabab bo‘lishi, go‘shtni hazm qilish jarayoni esa ichak shilliq qavatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu esa saraton kasalliklari paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi”,- deydi shifokor.
Mutaxassisning aytishicha, parranda va qo‘zi go‘shtidan tayyorlangan taomlar zararli bo‘lmasligi mumkin.
“Qo‘zi go‘shtida zararli yog‘lar kam. Tarkibida yog‘ kam bo‘lgan go‘shtni iste’mol qilgan ma’qul”,- deydi Bobrovskiy.
60 yoshdan oshganlarga har kuni go‘sht yeyish tavsiya qilinmaydi. Go‘sht o‘rniga baliq, dengiz mahsulotlari, qo‘ziqorin va tofuga (soya mahsuloti) almashtirish mumkin.
“Qo‘ziqorin - o‘rmon go‘shti ham deyiladi. Uning tarkibida ham aminokislotalar boshqa o‘simlik oziq-ovqatlariga qaraganda ko‘p. Shuningdek, baliq go‘shti va dengiz mahsulotlarini ham unutmaslik kerak. Ularda ham oqsil go‘shtdagi kabi ko‘p”.