TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arbning qator kompaniyalari Rossiya bozoridan chiqib ketayotgan sharoitda Minsk Rossiyaga har qanday texnika yetkazib berishga tayyorligini aytdi. Bu haqida u Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev bilan uchrashuvda chog‘ida ta’kidladi.
“Belarus korxonalari Rossiyaga har qanday asbob-uskunalarni yetkazib berishga tayyor, ayniqsa G‘arb kompaniyalari mamlakatdan chiqib ketayotgan sharoitda”, deya Lukashenkoning so‘zlarini keltiradi “BelTa”.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus vaqtida sanoatni rivojlantirish uchun o‘z kuchiga tayangan va bundan yutqazmaganini vaqt ko‘rsatmoqda.
“Bizda importni o‘rnini bosish masalalari Rossiyadagidek jiddiy emas (Sanksiyalar sharoitida) . Sabab shundaki, biz vaqtida nemislarniki yaxshi, amerikaliklarniki ham yaxshi debko‘p ishonganmiz. Lekin ular uch barobar qimmat edi, hozir esa - umuman yo‘q. Mana, “sheriklardan” umid qilish nimaga olib keldi. Ular shunday “sheriklarki”, tiz cho‘ktirmaguncha, bosim o‘tkazaveradi. Shuning uchun biz Rossiya bilan xohlagan vaqtda, xohlagan yo‘nalishda bugundanoq hamkorlik qilishga tayyormiz”, - deydi Belarus Prezidenti.
Ma’lumot uchun, Belarus va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar 2020-yilgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng keskin yomonlashdi. O‘shanda ruxsat etilmagan ommaviy noroziliklar Belarus huquq-tartibot idoralari tomonidan to‘xtatilgan edi. Belarus hukumati ushbu namoyishlar xorijdan boshqarilib turganini bir necha bor ta’kidlagan edi.
Shundan so‘ng, G‘arb davlatlari Minskni saylovlarni buzish va inson huquqlarini buzishda ayblab, Belarus rasmiylari, korxonalari, sanoatlariga nisbatan bosqichma-bosqich sanksiyalar joriy qilgan edi.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25-martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.