Shu kunldarda Xivada "Lazgi" xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uning ishtirokchilariga o‘z tabrik so‘zini yo‘lladi.
O‘z murojaatini prezident "Lazgi" o‘zbek milliy raqs san’atining gultoji ekanini qayd etib, O‘zbekiston kelgusi yillarda ushbu yo‘nalishdagi ijodiy maktablarga xos noyob an’ananalarni va san’atning barcha turlarini asrab-avaylash yo‘lidan borishigni ma’lum qildi.
"Lazgi" xalqaro festivalining ochilish marosimida bir necha davlat vakillari ishtirok etishdi. Marosim jo‘shqin musiqa, chiroyli liboslar va mushakbozlik bilan yakunlandi.