Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Mudofaa vazirligi Buyuk Britaniya bayonotiga javob qaytardi

Rossiya Mudofaa vazirligi: shunga o‘xshash harakatlarga zudlik bilan bizning proporsional javobimizga sabab bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyst Hippining Kiyev tomonidan Rossiya hududiga zarba berilishi to‘g‘risidagi bayonotini provokatsiya deb atadi.
“Londonning Kiyev rejimini shunga o‘xshash harakatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri undashi va ularni amalga oshirishga urinish bo‘lgan taqdirda zudlik bilan bizning proporsional javobimizga sabab bo‘ladi. Rossiya Qurolli kuchlari uzoq masofani mo‘ljalga oluvchi yuqori aniqlikdagi qurol bilan Kiyevdagi tegishli qarorlarni qabul qiluvchi markazlarga zarba berish uchun tunu kun shay turibdi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Ukraina qo‘shinlarining London taqdim etgan qurol-yarog‘lardan Rossiyadagi obyektlarni o‘qqa tutish uchun foydalanishi “muammo bo‘lmasligini” ma’lum qilgan edi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.