Maktab va bog‘chalarda yo‘l harakati qoidalari targ‘iboti kuchaytiriladi

Maktablarda “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Maktablarda ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi. Bu Hukumat qabul qilgan tegishli qarorda belgilab qo‘yilgan.
Qaror bilan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida maktablar bilan hamkorlikda xizmat qiladigan katta inspektor lavozimi joriy etildi (umumiy shtatlar doirasida).
Maktablarda ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi.
Klubga 9-11-sinf o‘quvchilari a’zo bo‘lishi mumkin. “Yashil chiroq” musobaqasi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, 1-sentabrdan “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida bog‘cha tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilarga yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-ko‘rgazmali o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.