Rossiyaning Don Davlat texnika universiteti olimlari internet foydalanuvchilarining psixiologik xulq-atvorining turlarini o‘rganib chiqishdi.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, internetdan foydalanuvchilar 3ta shartli guruhga (RC1, RC2, RC3) bo‘linadi.
1.
RC1 – faol-konstruktiv: internetdan kundalik hayotda axbrot izlash, xarid qilish, qiziqqarli kontent tomosha qilish va bilim olish maqsadida faol foydalanishadi.2.
RC2 – faol-destruktiv: internetdan faol foydalanishadi, lekin ekstremistik, millatchilik bahslariga aralashish, agressiv xulq-atvor namoyish qilish va pornografik materiallarni tomosha qilish maqsadida.3.
RC3 – passiv-shartli konstruktiv: bunday foydalanuvchilar ham internetda faol, lekin ularning o‘zlari hech narsa yozmaydi, muhokamalarda ishtirok etmaydi.Olimlar xulosasiga ko‘ra, insonning ushbu guruhlardan biriga kirishiga, jumladan uning genotipi ham sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, eng muammoli “RC2” guruhida BDNF:DRD2 (p = 0,024) va BDNF : COMT : DRD2 (p = 0,036) genlarining aralashmasi ko‘proq uchrashi aniqlandi.
RC1 va RC3 guruhlarini esa, internetdan samarali foydali maqsadlarda foydalanish istagi birlashtiradi. Odatda bunday kishilar ulkan axborot oqimida o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni tezroq topib olishadi.
DDTU olimlarining ushbu izlanishi kelajakda yoshlarning internetdagi harakatlarini o‘rganishda qo‘l kelishi mumkin. Xususan, ularning hatti-harakatlarining asl sabablarini aniqlash, ruhiy va emotsional mexanizmlarini tushunish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu ayniqsa turli “tajovuzkor” xarakterli foydalanuvchilar xulqidagi muammolarni tushunishda yordam beradi.