Avstriya gaz uchun rublda to‘lash bo‘yicha Rossiya shartlarini qabul qildi

Avstriya va Germaniya Rossiya gazi uchun rublda to‘lashga o‘tdi, bunga rozi bo‘lmagan Polsha va bolgariyaga gaz yetkazib berish to‘xtatildi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr - Sputnik. Avstriya kansleri Karl Nexammer gaz uchun rublda to‘lash bo‘yicha Rossiyaning yangi shartlari qabul qilinganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Biz, OMV (Avstriya neft-gaz kompaniyasi), to‘lov shartlarini qabul qildik, Germaniya ham shunday qildi... Chunki bu biz uchun muhim edi. Nexammerning Moskvaga tashrifi chog‘ida Vladimir Putinning gaz yetkazib berishda uzilish bo‘lmasligiga uni ishontirdi. "Gaz yetkazib berish davom etadi va siz yevroda to‘lashingiz mumkin. Bu holat biz uchun o‘zgarmadi", degan edi Nexammer Venadagi matbuot anjumanida.
27 aprel kuni ertalab, to‘lov amalga oshirilmagani sababli Rossiya Bolgariya va Polshaga gaz yetkazib berish to‘xtatilgani xabar qildi. Sabab: “Gazprom eksport” kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi to‘lov uslubi bo‘yicha 26-apreldagi ish kunining oxirigacha ushbu mamlakatlardan pul tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan Rossiya gazi uchun do‘stona bo‘lmagan mamlakatlardan to‘lovlarni rublda amalga oshirish beligilangan. Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva rublda to‘lashdan bosh tortishni shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik sifatida qabul qiladi.
Gaz uchun to‘lov - rublda

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 1-apreldan boshlab nodo‘st mamlakatlardan gaz uchun to‘lovni faqat rublda qabul qilishini e’lon qildi. "Gazprombank" valyuta va rublda maxsus hisob raqamlarini ochadi. Xaridor to‘lovni shartnomada ko‘rsatilgan valyutadagi birinchi hisob raqamiga kerakli miqdorni o‘tkazadi, bank uni Moskva birjasida sotadi va ikkinchi hisob raqamiga rublni kiritadi. Undan esa "Gazprom"ga etkazib berilgan xom ashyo uchun to‘lovlar amalga oshiriladi.

Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritgan edi.