TOShKENT, 26 apr - Sputnik. Rossiyaning yetakchi riteylerlaridan biri "Magnit" OAJ O‘zbekistonda go‘zallik va salomatlik uchun tovarlar sotiladigan drogeri-do‘kon (o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish) do‘konini ochdi.
Ochilish marosimida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hamda O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ishtirok etdi.
Ushbu do‘kon Rossiyadan tashqaridagi birinchi chakana savdo tarmog‘iga aylandi. MCosmetikda jahon va Rossiya brendlari bilan bir qatorda o‘zbek brendlari ham taqdim etilgan.
Bu yerda mijozlar “parvarish va gigiyena”, “sanoat tovarlari”, “dekorativ kosmetika”, “maishiy kimyo” toifalaridagi tovarlarni xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
Assortimentni tuzishda mahalliy aholining ehtiyojlari ham hisobga olindi, shuning uchun bolalar ovqatlari ham qo‘shildi. Do‘konda o‘zbek tovarlari maxsus belgilar bilan ta’kidlangan. Ular orasida maishiy kimyo, gigiyena vositalari, to‘qimachilik bor.
Rossiyalik reteyler dastlabki bosqichda beshta ana shunday do‘kon ochishni rejalashtirilgan. Ulardan 4 tasi Toshkentda, yana bittasi Chirchiqda joylashgan bo‘ladi.
"Magnit" - Rossiya chakana savdo do‘konlari tarmog‘i bo‘lib, daromad bo‘yicha Rossiyada uchinchi o‘rinda turadi. Tarmoq 1995-yilda Krasnodarda kompaniya faoliyatining dastlabki yillarida kompaniyaga egalik qilgan va uni boshqargan Sergey Galiskiy tomonidan asos solingan, 2021-yildan beri eng yirik aksiyador Alexandra Marathon Group investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.