TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Aprel oyida Rossiyaning neft eksportidan olgan daromadi o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi mumkin, deya yozadi “Foreign Policy” jurnali.
Maqola muallifi so‘zlariga ko‘ra, bunday ssenariy energiya resurslarini Yevropa, Hindiston va Turkiyaga yetkazib berishni oshirish sabab yuz berishi mumkin.
“Hozir Rossiyaga qarshi sanksiya kiritgan ko‘plab mamlakatlar, undan energiya resurslarini xarib qilib, o‘z harakatlarini jiddiy buzishmoqda. Ayrim holatlarda aprel oyidagi yetkazib berish hajmlari hatto mart oyiga qaraganda ko‘proq bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, mart oyida kunlik neft yetkazib berilishi 3,3 million barrelni tashkil etgan. Endi esa bu ko‘rsatkich 3,6 barrelga teng.
O‘z navbatida AQSh Davlat departamentining sobiq mutaxassisi Edvard Fishan Rossiya neft va gaz savdosidan kuniga kamida 1 milliard dollar olyapti deb hisoblaydi.
“Asosiy ulush Yevropaga to‘g‘ri kelmoqda. Ayrim Yevropa mamlakatlari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatmoqda, biroq u Rossiya nefti va gazi uchun to‘lov bilan solishtirilganda kam”, - deydi u.
Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Yevropa Ittifoqi Rossiya gazisiz bir hafta ham yashay olmasligini aytgan edi.