Rossiya va Xitoy milliy valyutalarda savdo qilish uchun infratuzilma tayyorladi

Rossiya TIV: so‘nggi voqealar milliy valyutalar to‘lovning eng ishonchli va himoyalangan shakli ekanini ko‘rsatdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Moskva va Pekin milliy valyutalardagi savdo-sotiqqa o‘tish uchun barcha infratuzilmani yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Igor Morgulov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi voqealar milliy valyutalar to‘lovning eng ishonchli va himoyalangan shakli ekanini ko‘rsatgan.
“Bizning Xitoy bilan bu sohada zarur infratuzilmamiz yo‘lga qo‘yilgan: Rossiyada yuan kliringi uchun vakolatli bank faoliyat yuritadi, Moskva birjasida savdolar rubl-yuan juftligida olib borilmoqda, Markaziy banklar o‘rtasida valyuta svopi to‘g‘risida bitim imzolangan”, - dedi diplomat. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Morgulov so‘nggi yillarda Rossiya-Xitoy savdosida milliy valyutalar ulushi sezilarli o‘sganini qayd etdi, 2021-yilning birinchi yarim yilligida u 25 foizni tashkil etgan. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkich jadal o‘sishiga umid qilinmoqda.
Rossiya Federal bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo 35,2 foizga oshib, 140,705 milliard dollarni tashkil etgan. Mamlakatlar bu ko‘rsatkichni yaqin yillarda 200 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirishmoqda.
Xitoy rahbari bir tomonlama sanksiyalarga qarshi chiqdi
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tashqi savdo hisob-kitoblarini rubl va ishonchli hamkor mamlakatlar milliy valyutalariga o‘tkazishni tezlashtirishi lozimligini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.