Qaysi bemor yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqmasligi mumkin

Old o‘rindiqdagi yo‘lovchilarni xavfsizlik kamarini taqishdan ozod qiladigan kasalliklar haqida ma’lumot berildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, 1-maydan old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqishi shart bo‘ladi.
Biroq ayrim toifadagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat etiladi, salomatligi kamar taqish imkonini bermaydigan bemorlar shular jumlasidan. Bunda tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lishi kerak.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati qaysi kasallik bilan kasallangan bemorlar xavfsizlik kamarini taqmasligi mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Kasalliklar ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan.
Kamar taqishdan ozod qiluvchi kasalliklar:
o‘mrov va to‘sh suyaklarining sinishlari
yelka kamari sinishi
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich)
bronxial astma (IV bosqich)
o‘pkaning interstitsial zararlanishi
o‘pkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki o‘ng) olib tashlangan bo‘lsa
surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-maydan tajribasi kam haydovchilar avtomobilni maxsus belgi bilan haydashlari kerakligi xabar qilingan edi.