TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonda gilamlar, shinalar, va avtomobil ehtiyot qismlarini Rossiya markalash tizimi yordamida belgi qo‘yish joriy etiladi. Chunki mazkur sohalarda qalbakilashtirish darajasi yuqori.
Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi bosh davlat soliq inspektori Ahmadbek Fayziyevga tayanib, Rossiya OAVlari xabar bermoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, “CRPT Turon” kompaniyasining kuzatuv kengashi raisi Andrey Kirillovga ko‘ra, hukumat o‘z oldiga uchta yangi mahsulot – shinalar, avtomobil ehtiyot qismlari va gilamlarni markirovka qilish tizimini joriy etish vazifasini qo‘ygan.
“Qo‘mita vakilining fikriga ko‘ra, bu sohalarda qalbakilashtirish darajasi yuqori. Ayniqsa, gilam ishlab chiqarish sohasi muhim – bu, mubolag‘asiz, milliy boylik: har bir hududning o‘ziga xos ishlab chiqarish va bo‘yash usullari mavjud. Gilamlar dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilinadi, shuning uchun bu bozorni tartibga solish masalasi nihoyatda dolzarbdir”, - deya tushuntirdi Kirillov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yil avgust oyida mahsulotlarni markalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tasdiqlangan. Loyiha operatori sifatida “CRPT Turon” MChJ tanlangan edi.
Uning asoschisi, qaror matnida ko‘rsatilganidek, Rossiyadagi markirovkalash tizimining operatori — Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (CRPT). Asosiy egasi USM Alisher Usmonov (50 foizi), yana 25 foiz ulush Rossiya davlat korporatsiyasi Rostec va Almaz Capital boshqaruvchi hamkori Aleksandr Galiskiyga tegishli.
O‘tgan yili tamaki, pivo va alkogolli mahsulotlarni markirovkalash yo‘lga qo‘yilgan edi. 15-apreldan – maishiy texnika yorliqlanishidan buyon O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib ushbu tovarlar guruhini markalashni yo‘lga qo‘ydi.