Kreml Dnestrbo‘yidagi vaziyatdan xavotir bildirdi

Kecha Dnestrbo‘yi davlat xavfsizlik vazirligi binosida bir necha portlash sodir bo‘lgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Kreml Dnestrbo‘yidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda, u yerda kelib tushayotgan xabarlar xavotirga soladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Biz u yerda (Dnestrbo‘yida – tahr.) vaziyat qanday rivojlanayotganini juda diqqat bilan kuzatapmiz. Shubhasiz, u yerdan kelib tushayotgan xabarlar xavotirga soladi”, - dedi Kreml vakili matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
26 aprel kuni noma’lum shaxslar Dnestrbo‘yidagi Grigoriopol tumani Mayak aholi punktida joylashgan mahalliy radiomarkaz antennalarni portlatib yubordi.
Kuni kecha esa Dnestrbo‘yi davlat xavfsizlik vazirligi binosida qator portlashlar sodir bo‘ldi.