Toshkentdan Buxoroga qo‘shimcha aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Qo‘shimcha aviaqatnov yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” 8-may kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha aviaqatnov yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.
Toshkent – Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 158 183 so‘mdan (bagajsiz) va 182 518 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 304 197 so‘mdan (bagajsiz) va 352 869 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Aviaqatnovlar jadvali bilan quyidagi xavola orqali tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 3-maydan Toshkent-Samarqand-Toshkent, 5-maydan esa Toshkent-Andijon-Toshkent poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.