Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Abituriyentlar 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshiradi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etmoqda
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bu haqda Davlat test makrazi xabar bermoqda.
2022-2023 o‘quv yili uchun respublika OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Test sinovlarida ishtirok etadigan barcha abituriyentlar uchun majburiy fanlar etib ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa), matematika va O‘zbekiston tarixi belgilangan.
Ushbu fanlar 10 tadan savolni (jami 30 ta) o‘z ichiga oladi va ularning har biriga 1,1 ball beriladi.
Bitta fan bo‘yicha abituriyent maksimal 11 ball, majburiy fanlarning barcha bloki uchun jami 33 ball to‘plashi mumkin.
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha test topshiriqlar ikki fandan o‘tkaziladi. Ularda 30 ta dan savol mavjud.
Abituriyentga har bir to‘g‘ri javob uchun 1- fan uchun 3,1 ball, 2- fan uchun 2,1 ball beriladi. Maksimal bir fan — 93 ball, ikkinchi fan esa 63 ball etib belgilandi. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.
Abituriyent fanlarning barcha bloki uchun — 189 ball olishi mumkin.
Test sinovlari uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi
Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.