TOShKENT, 25 apr — Sputnik. So‘nggi uch oyda eng ko‘p oila qurish Samarqand viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2015 taga kam.
Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:
- Qoraqalpog‘iston R. – 4149 ta;
- Andijon viloyati – 4521 ta;
- Buxoro viloyati – 3694 ta;
- Jizzax viloyati – 2095 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 6213 ta;
- Navoiy viloyati – 1314 ta;
- Namangan viloyati – 3611 ta;
- Samarqand viloyati – 6341 ta;
- Surxondaryo viloyati – 5136 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1339 ta;
- Toshkent viloyati – 4572 ta;
- Farg‘ona viloyati – 5341 ta;
- Xorazm viloyati – 5241 ta;
- Toshkent shahri – 4306 ta.
2022 yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 mln kishini tashkil etmoqda. Har bir kuni doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.