TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda delegatlarning ovoz berishi natijasida O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi rahbari Sherzod Kudbiyev federatsiyaning yangi raisi etib saylandi.
Shu paytgacha Saida Mahmudova O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgandi.
Avvalroq Sherzod Kudbiyevga Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut rektori vazifasini bajarish ham yuklangani xabar qilingan edi.