O‘zbekiston prezidenti Ramzan Qodirovga sovg‘a yubordi

Ramazon hayiti arafasida O‘zbekiston delegatsiyasi Chechenistonga tashrif buyurdi.
Sputnik
Ramazon hayiti arafasida O‘zbekiston delegatsiyasi Chechenistonga tashrif buyurdi. Qodirovga Mirziyoyev tomonidan tabrik yo‘llandi va unga "Poi-Kalon" ansambli rasmi sovg‘a qilindi.
"Poi-Kalon" — Buxorodagi me’moriy ansambl.
Uning tarkibiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning otasi tahsil olgan Mir Arab madrasasi ham kiradi.
Sovg‘a 929 probali 3,4 kilogramm kumushdan ishlanib, maydon va gumbazlarga 999 probali oltin suvi yugurtirilgan.
Checheniston Respublikasi rahbari O‘zbekiston prezidentiga “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi samarali hamkorlikning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun” minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabrikladi.