TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hamkorlarni dollardan voz kechish va milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tishga chaqirdi. Bu haqda u “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ikkinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Manturovning so‘zlariga ko‘ra, hozir dollar va yevrodan voz kechib, milliy valyutalardgi hisob-kitoblarga o‘tish nihoyatda muhim.
“O‘zaro hisob-kitob, mahsulotlarimizni yetkazib berish nuqtayi nazaridan, o‘zaro koorporatsiyada maksimal mustaqil bo‘lish uchun o‘zimizning valyutalarga o‘tish zarur”, - dedi u.
Rossiyalik vazir Rossiyaning O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqishi ulkan ekani va bu o‘sib borishini ta’kidladi. U ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy istiqbolli yo‘nalishlarini sanab o‘tdi.
“O‘zbekiston ham iqtisodiyot, ham demografiya jihatdan tez o‘sib borayotgan mamlakat... O‘zbekistonning tez o‘sib borayotgan iqtisodiyotiga qiziqishimiz ulkan va o‘sib boradi. Biz hozir farmatsevtika, avtosanoat, qishloq xo‘jaligi mashinalari, oziq-ovqat sanoati rivojlanishining istiqbollarini ko‘rapmiz. Tabiiy resurslar bilan bog‘liq loyihalar bo‘yicha sohalarni rivojlantirish imkoniyati bor”, - dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri.
Manturovning ta’kidlashicha, INNOPROM-2022 xalqaro ko‘rgazmasi yangi hamkorlik va loyihalar uchun qo‘shimcha turtki berishi kerak, chunki mintaqaviy hamkorlik bu sherikchilikning asosiy zaminidir.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.