Belarus Toshkentda tramvayni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Belarus tomoni ham sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdan manfaatdor.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvayni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda “BelTA” .

“Bizda yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan shahar transporti sohasida takliflarimiz bor. Elektr transportining rivojlanishi bugungi kunda shunchaki modaga bo‘lgan hurmat emas, bizningcha, bu yaqin o‘n yilliklarda transport tuzilmasini belgilab beradigan asosiy qarordir. Biz sizga ushbu ekologik toza transport sohasida o‘z imkoniyatlarimizni taklif qilishni istardik”, - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda yo‘lga qo‘yilishi aytilayogan tramvay qatnoviga Belarus tomoni zarur infratuzilma va harakat tarkibini yetkazib berish bilan kompleks yechimlarni taqdim etishga tayyor. Agar shunday qaror qabul qilinsa, Belarus O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqadi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Belarus tomoni ham sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdan manfaatdor.
“Bunday hamkorlikning namunalari allaqachon mavjud. Biz Belarus yechimlari asosida qishloq xo‘jaligi uchun maxsus uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishga tayyormiz. Ushbu takliflarning ko‘pchiligi ya’ni Belarus mashinasozlarining ilg‘or ishlanmalari bugun ko‘rgazmada namoyish etiladi”, - deydi Golovchenko.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — "Beshqayrag‘och" dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopilgan va shu bilan poytaxt tramvayining 115-yillik tarixi yakunlangan edi. 2022-yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvayni qaytarish rejasi borligini ma’lum qilgan edi.