O‘zMTRK futbol bo‘yicha Jahon chempionatini namoyish etish huquqini sotib oldi

Qatarda 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabrigacha bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati translyatsiyasi huquqini O‘zMTRK sotib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (O‘zMTRK) futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2022 musobaqalarini mamlakatda namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Sport” telekanali ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilindi.
“Futbol olamining eng yirik musobaqasi, Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati translyatsiyasi huquqini O‘zMTRK qo‘lga kiritdi! 32 ta terma jamoa, 64 ta uchrashuv. Barchasini “Sport” TV orqali kuzatib boring!”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qatarda 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabrigacha futbol bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. 2018-yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda Fransiya terma jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Jahon chempionati-2022 rasmiy to‘pi namoyish etildi – foto