TOShKENT, 24 apr — Sputnik. 18-22 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro animatsion forumi g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Obyavleni pobediteli Tashkentskogo mejdunarodnogo animatsionnogo foruma
© Foto: agentstvo kinematografii Uzbekistana
Forum so‘ngida g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlandi:
“Gran pri” – “Na ptichix pravax ” - Anita Chernix (Qozog‘iston)
Hakamlar hay’ati e’tirofi - “Devushka i oblako” - Shokir Xoliqov (O‘zbekiston)
Hakamlar hay’ati e’tirofi - “Sound of Silence” - Farhod Gafforpur (Tojikiston)
Yosh hakamlar sovg‘asi - “Author and the Nose” - Janna Abasova (Qirg‘iziston, Turkiya)
Animatsiya sohasi rivoji uchun qo‘shgan hissasi uchun maxsus mukofot - Elchin Xaami Axundov (Ozarbayjan)
Eng yaxshi daqiqali film - “Delo Semeynoe” – Malikaxon Zaynutdinova.
Toshkent xalqaro animatsion forumida Germaniya, Gruziya, Isroil, Ozarbayjon, Tojikiston, Rossiya, Ukraina, Chexiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan animatsiya mutaxassislari, shu bilan bir qatorda o‘zbek animatorlari va “Aqlvoy”, “Bolajon” telekanallaridan vakillar ishtirok etishdi.
Forum doirasida bolalar uchun turli tadbirlar, vorkshoplar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlar, milliy va xorijiy multqahramonlar ishtirokida chiqishlar, fleshmob va boshqa bayramona shoular taqdim etildi.
Shuningdek, Anton Bolkunov, Elchin Xami Axundov, Zurab Diasamidze, Yuliya Drobova, Maks Epshteyn, Karina Xananeya kabi animatsiya mutaxassislari mahorat darslarini o‘tishdi.