O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatini 8 ta medal bilan yakunlashdi

Qit’a birinchiligida Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov kumush medalga ega chiqishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamosi mazkur Osiyo chempionatida 2 ta kumush va 6 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbek polvonlari:
Kumush medal:
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov (yunon-rum kurashi)
-97 kg: Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi)
Bronza medal:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev (yunon-rum kurashi)
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov (yunon-rum kurashi)
-130 kg: Mo‘minjon Abdullayev (yunon-rum kurashi)
-50 kg: Jasmina Immayeva (ayollar kurashi)
-65 kg: Abbos Rahmonov (erkin kurash)
-86 kg: Bobur Islomov (erkin kurash)