TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda jami 50,9 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
20,1 milliondan ziyod kishi birinchi bosqichda emlanib bo‘lgan, ya’ni birinchi doza bilan emlanish kerak bo‘lganlarning 94 foizi emlanib bo‘lgan. 16,2 milliondan ziyod kishi ikkinchi bosqichda emlangan. Uchinchi bosqich va buster doza bilan emlanganlar 14,6 milliondan oshgan. Shu tariqa, to‘liq vaksina kursini olganlar 76,1 foizga yetgan.
2021 yil 1-aprelidan O‘zbekistonda aholini kovidga qarshi ommaviy emlash boshlangan edi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va ichki ishlar xodimlar emlandi. Keyin 18 yoshdan oshganlarning emlanishi shart etib belgilandi.
Respublika maxsus komissiyasining 23-fevraldagi qarori bilan ish beruvchilarga 90 foiz xodimlarini kovidga qarshi emlash majburiyati yuklandi. Emlanmagan, jumladan, buster doza bilan emlangan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.