TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Germaniya tashqi qarzni qariyb 40 milliard yevroga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” agentligi o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shimcha mablag‘lar yordamida Germaniya hukumati kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun elektr energiyasi narxlarini o‘sishini kompensatsiya qila oladi.
Agar parlament buni ma’qullasa, Germaniya davlat qarzining umumiy summasi 140 milliard yevroga yetadi.