TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Argentina hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukrainadagi mojaroni hal etishning samarali usuli deb hisoblamaydi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Santago Kafero “ El Intransigente” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Argentina taklif qilayotgan narsa bu muloqatga qaytish, vaziyatni tinch tartibga solish. Biz, ochig‘ini aytsak, sanksiya kiritish yoki taqiqlar samarali bo‘lishiga ishonmaymiz”, - dedi u.
Shu bilan birga, vazir Argentinaning sanksiya kiritish uchun yuridik mexanizmlari yo‘qligini ma’lum qildi.
“Argentinaning bugun bir tomonlama sanksiya kiritish uchun meyoriy-huquqiy bazasi yo‘q. Haqiqatdan bunga to‘sqinlik qiluvchi qonun mavjud”, - dedi Kafero.