“Markaziy Osiyo – Rossiya” formatida vazirlar onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yashil yo‘laklarni kengaytirish, qo‘shma investitsion imkoniyatlarni safarbar etish va Afg‘onistonga yordam berishda davom etish tarafdori - Umurzakov.
Sputnik
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. “Markaziy Osiyo – Rossiya” 5-dazirlar yig‘ilishi 22-aprel kuni onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Rossiya hukumatlari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda kun tartibiga mintaqa davlatlari va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka oid quyidagi mavzular kirdi:
Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlash, terroristik va ekstremistik tahdidlar va kiber- va biologik xavfsizlikga qarshi kurash;
islohotlarni amalga oshirish va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish, jadal iqtisodiy o‘sish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
eksport salohiyatini yuksaltirish, hududlararo turizmni rivojlantirish;
mintaqa davlatlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar kirdi.
Ishtirokchi mamlakatlar vakillari o‘z chiqishlarida yuqoridagi yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning bugungi holatini, amaldagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda uni kengaytirish istiqbollarini bayon qildi.
Majlisda O‘zbekiston tomonidan so‘za chiqqan Sardor Umurzoqovning nutqi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va mintaqaning barqaror rivojlanishini mustahkamlash borasida hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollariga bag‘ishlandi.
Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalarni rag‘batlantirish, “yashil yo‘laklar” va logistika imkoniyatlarini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, platformaga a’zo mamlakatlarning qo‘shma investitsiya imkoniyatlarini birlashtirish va safarbar etish, koviddan keyingi tiklanishni tezlashtirish, mintaqa mamlakatlari va Rossiya o‘rtasida sayyohlik, biznes va yuk almashinuvini faollashtirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari nutqida afg‘on muammosiga alohida e’tibor berildi. O‘zbekistonning Afg‘onistonga afg‘on xalqiga samarali gumanitar yordam ko‘rsatishda, elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha amaldagi shartnomalarni bajarishda, afg‘on talabalari va mutaxassislariga mamlakat ta’lim muassasalarida o‘qitish xizmatlarini ko‘rsatishda, shuningdek, ilgari kelishilgan qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surishda davom etishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish va barcha uchun muhim bo‘lgan vazifalarni hal qilish maqsadida ko‘p tomonlama muloqotni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.