O‘zbekistonda “Xotira bog‘i” xalqaro aksiyasi qanday o‘tdi - video

“Xotira bog‘i” xalqaro aksiyasi doirasida hammasi bo‘lib 27 million darax ekish niyat qilingan - urushning 27 million qurbonlari xotirasiga.
Sputnik
G‘alabaning 77-yilligi arafasida “Xotira bog‘i” xalqaro aksiyasi Bekobod metallurgiya kombinati va Toshkent shahridagi 103-maktabda bo‘lib o‘tdi. Ushbu muassasalar hududida 60 tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi.
Aksiyada Toshkentdagi "Russkiy dom" rahbari Mixail Vojdayev ham ishtirok etib, maktab o‘quvchilari oldida so‘zga chiqdi. "Har bir ekilgan daraxt nafaqat shaharni ko‘kalamzorlashtirishi, balki ajdodlar xotirasini mangu qoldiradi" , - dedi Vojdayev.
Eslatib o‘tamiz, “Xotira bog‘i” xalqaro aksiyasi ilk bor 2020-yilda o‘tkazilgan edi. Uning maqsadi Ulug‘ Vatan urushi paytida halok bo‘lgan har bir kishining xotirasini abadiylashtirishdir.
Ma’lumot uchun, ushbu aksiya Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan bo‘lib o‘tmoqda. U shaxsan Rjev yodgorligiga o‘zining xotira daraxtini o‘tqazdi. Dastlabki ikki yil ichida Rossiyaning barcha 85 mintaqasidan 2 milliondan ortiq kishi kampaniyaga qo‘shildi. Yaqin va uzoq xorijning 50 dan ortiq davlati keng ko‘lamli tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.