TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Bir tomonlama sanksiyalar va ikki tomonlama standartlar siyosatini davlatlararo munosabatlarda qabul qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin Boao shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo iqtisodiy forumiga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi.
“Biz bir tomonlama sanksiyalarga qarshimiz hamda bloklar tuzish va qarama-qarshilikni kuchaytirishga qaratilgan siyosat olib borish niyatida emasmiz. Xitoy inqirozni hal qilish bo‘yicha har qanday sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, biz ikki tomonlama standartlarga amal qilmaymiz”, — dedi Xitoy yetakchisi. Uning so‘zlaridan RIA Novosti keltirgan.
Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, “sovuq urush” mentaliteti faqat global tinchlik asoslarini buzadi, gegemonizm va qo‘pol kuch siyosati dunyo tinchligiga xavf tug‘diradi.
“Bloklar qarama-qarshiligi esa XXI asrda xavfsizlik muammolarini yanada kuchaytiradi", — deya xulosa qildi u
Avvalroq Xitoy iqtisodchilari G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan o‘zini o‘zi jazoladi degan fikrni bildirishgani xabar qilingan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham G‘arb sanksiyalar yordamida Rossiya iqtisodiy tuzilmasini barbod qila olmagani, “iqtisodiy bliskrig" strategiyasi amalga oshmaganini ma’lum qilgan.