Shifokor-parhezshunos Marina Makisha “Moskva 24” telekanaliga bergan intervyusida oshqozon-ichak traktini himoya qiluvchi mahsulotlarni tavsiya qildi.
Mutaxassis och qoringa gazli ichimliklarni ichmaslikni maslahat berdi, chunki u oshqozonda tuz kislotalarini ishlab chiqaradi. Bundan gastrit va yallig‘lanishga oid boshqa kasalliklar kelib chiqadi.
Karam oshqozonga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Karam va uning sharbati yaralar davolanishi va shilliq pardalar tiklash jarayonini tezlashtiradi. Bu ayniqsa, gastrit va oshqozon yarasi uchun foydali.
Shifokor salatlarga karam bilan bir yoki ikki qoshiq o‘simlik yog‘ini qo‘shishni ham tavsiya qildi.
Oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilash uchun brokkoli va qovoq iste’mol qilish lozim. Bu sabzavotlarda tana hujayralarini tiklashga yordam beruvchi antiaksidantlar bor.
Fastfud va tez hazm bo‘luvchi uglevodlar jigarga jiddiy zarar yetkazadi, yog‘li gipotoz xavfini oshiradi. Tomat pastasi va kam yog‘li tvorog jigar hujayralarining yangilanishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Ichaklar tiklanishini esa tarkibida kletchatka ko‘pligi sabab meva va sabzavotlar yaxshilashi mumkin.