Mudofaa vazirligi vagonlarda harbiy texnika olib o‘tilgan video yuzasidan munosabat bildirdi

Vazirlik har yili ta’mirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qo‘shinlarda rejaviy almashtirish ishlari olib borilishini ma’lum qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida aeroport yonidagi temir yo‘ldan vagon-vagon harbiy texnikalar olib o‘tilgani aks etgan video tarqaldi. Mudofaa vazirligi bunga munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, vazirlikning asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq har yili ta’mirlash zavodlari negizida kapital va o‘rta ta’mirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qo‘shinlarda rejaviy almashtirish ishlari amalga oshirilib boriladi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aynan shu jarayonlar, ya’ni ta’minot va shaxsiy tarkibni tashish uchun mo‘ljallangan texnikalarning qo‘shinlariga yuborilishi aks etgan”, - deyilgan xabarda.