Moskvada birinchi o‘zbek tili markazi ochildi - video

Eng muhimi, o‘zbek tilini o‘rganishga siyosatshunoslar, mintaqashunoslar qiziqish bildirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Moskva davlat lingvistika universiteti (MGLU) qoshidagi O‘zbek tili markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Ayni paytda o‘zbek tilini o‘rganishga siyosatshunoslar va mintaqashunoslar ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Yangi madaniyat markazi MDH mamlakatlaridagi sakkizinchi ana shunday muassasa bo‘ladi.
MGLU O‘zbekiston universitetlari bilan faol hamkorlik qiladi. Bundan tashqari, universitet tomonidan “MDH davlatlari uchun o‘zbek tili” o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.
Tadbirda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovlar ishtirok etdi.