Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Prezident Qashqadaryo viloyatida hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan tanishadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturi juda keng. Prezident bugunning o‘zida klaster va sanoat korxonalarida, fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ladi, bunyodkorlik ishlari, mahallalardagi o‘zgarishlar bilan tanishadi.
Shuningdek, xalq bilan muloqot, viloyat faollari bilan uchrashuv, qishloq xo‘jaligi va sanoat loyihalari taqdimoti ham rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga safari ikki kun, 21-22 aprel kunlari, davom etadi.