Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Peskov: Ukrainaga Rossiya hujjati loyihasi topshirildi

Kreml vakili: hozir Ukraina tomoniga aniq ishlab chiqilgan ifodalarni o‘z ichiga olgan bizning loyihamiz topshirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya Ukrainaga aniq ifodalar yozilgan hujjat loyihasini taqdim etdi va javobini kutapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Kreml vakili Ukraina tomoni ilgari kelishilgan pozitsiyalardan doim chetga chiqayotgani, ularni hamisha o‘zgartirayotganini ta’kidladi. Bu o‘z navbatida muzokaralarning samaraligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Hozir Ukraina tomoniga aniq ishlab chiqilgan ifodalarni o‘z ichiga olgan bizning loyihamiz topshirilgan. To‘p ular tomonda, javob kutapmiz”, - dedi Peskov.

Shuningdek, u javob muddati Kiyevga bog‘liqligini qayd etdi, chunki ular muzokaralar jadal olib borilishiga befarqlik bilan qarashmoqda.
Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni cho‘zish va hatto barbod qilishga urinmoqda – Lavrov