TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Boks federatsiyasi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi uchun psixolog jalb etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog
Mashg‘ulotlar "Adaptatsiya jarayoni", "Mental arifmetika", "Muammolarni birgalikda yechish va hamjihatlikni rivojlantirish", "Fikr bildirish metodikasi", "Mantiqni rivojlantirish" kabi mavzularda olib borilmoqda.
Psixolog Umida Atabayeva Sputnik muxbiriga ma’lum qilishiga ko‘ra, darslardan keyin terma jamoa qizlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan.
“Inson qancha jismonan kuchli bo‘lmasin, ruhan tetik va o‘ziga bo‘lgan ishonchi bo‘lmasa u albatta mag‘lub bo‘lishi mumkin. Sportchi ringga chiqqanda uning eshitish qobiliyati yo‘qolib qoladi. Bu holatga uni hayajon va o‘zini yo‘qotib qo‘yish (mondraj) olib keladi. Shuning uchun ringdan oldingi holatga tayyorgarlik qilib bormoqdamiz”, deydi Umida Atabayeva.
Psixologning so‘zlariga ko‘ra, sportchida ringda “to‘xtab qolish” jarayoni kuzatilishi mumkin. Bu darslar birinchi navbatda ularga ruhan tayyorgarlik ko‘rish uchun kerak bo‘ladi.
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog
“Darslarda iloji boricha qo‘rquvni yengish, motsivatsiya berish, munosabat bildirish va diqqatni jamlash ustida ish olib borilmoqda. Ular qancha ko‘p o‘zining imkoniyatlari va aqlan hech kimdan kam emasligini bilib olsa, o‘ziga nisbatan ishonchi yanada oshadi”, deydi psixolog.
“O‘z navbatida bunday yangi uslub terma jamoamiz a’zolariga manzur kelmoqda va ular psixologik mashg‘ulotlarni katta qiziqish bilan va faol tarzda olib borishmoqda”, deyiladi xabarda.
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog