TOShKENT, 19 apr - Sputnik. Bugun Toshkentdagi "Moviy gumbazlar" bog‘ida hamda Badiiy akademiya hududida ochiq osmon ostidagi ustaxona ishga tushgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Festival izobrazitelnix iskusstv v Tashkente
© Sputnik / Anna Jelixovskaya
Ushbu tadbir Tasviriy va amaliy ko‘rgazmasi doirasida tashkil qilingan bo‘lib, unda respublikaning barcha hududdlaridagi tasviriy san’at o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etmoqda. Eng yaxshi ishlar Akademiya ko‘rgazmalar zalida namoyish etiladi.
Festival izobrazitelnix iskusstv v Tashkente
© Sputnik / Anna Jelixovskaya
Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali 22-aprelga qadar davom etadi va unda Tojikiston, Polsha, Janubiy Koreya va Rossiyadan tashrif buyurgan san’at ustalari asarlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.